Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev tumanning 1-sektoriga qarashli Yangiobod SHFYda yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Unda hokim oʻrinbosarlari, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari, yoshlar yetakchilari, yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda tuman rahbari yoshlarning reja va maqsadlari hamda ularni amalga oshirish yo'lida duch kelayotgan muammolari yuzasidan birma-bir suhbatlashdi.
Muloqot davomida yoshlarning sog'liqni tiklash, o'z tadbirkorligini yo'lga qo'yish maqsadida imtiyozli kredit olish, ayrim yoshlarning oliy ta'limda o'qishlari uchun kontrakt to'lovlariga ko'maklashish, ishga joylashish va shu kabi turli sohalardagi murojaatlari tinglanib, ularning ijobiy yechimi yuzasidan mas'ullarga ko'rsatmalar berildi va aniq choralar belgilab olindi.
Yangiobod tumani hokimligi
Axborot xizmati