О‘zbekiston islohotlarni “inson qadri va manfaatlari uchun” tamoyiliga asoslangan holda olib bormoqda.
Jumladan, inson xuquqlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlardagi keyingi jiddiy yutuq, bu kо‘pchilikni о‘ylantirgan, qiynab kelgan “propiska” tizimini tubdan о‘zgartirish bо‘ldi. Jamiyat uzoq yillar davomida bu tizimga nisbatan fuqarolarning erkin harakatlanishiga tо‘siq, deya qarab kelgan edi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Hurmatli Shavkat Mirziyoyev eski “propiska” tizimini fuqoralarning oyoqlariga urilgan kishan, deb ta’rif berdi va uni tubdan о‘zgartirish choralarini kо‘rdi. Ushbu chora-tadbirlarga kо‘ra, rо‘yxatdan о‘tishni bildirish tizimiga о‘tish kо‘zda tutilgan. Ushbu chora-tadbirlar shuningdek fuqarolarning mulkiy xuquqlariga ham ijobiy ta’sir kо‘rsatdi. Zero mamlakatning boshqa xududlarida istiqomat qilgan fuqarolar Toshkent shahrida doimiy rо‘yxatda bо‘lmaganliklari uchun uzoq yillar davomida poytaxtdan о‘z nomlariga uy sotib olish imkoniyatidan mahrum edilar. Kо‘plab fuqarolar Toshkentdagi о‘zlarining kо‘chmas mulkini poytaxtda doimiy rо‘yxatda turgan yaqin tanishlari nomiga rо‘yxatdan о‘tkazib, sо‘ngra о‘zlari о‘z uylarida ijarachi kabi yashashga majbur edilar. Amalga oshirilgan islohotlar natijasida, uy-joy sotib olishda propiska talabi bekor qilinganidan sо‘ng, о‘zbekistondliklar Toshkent shahrida qariyb 13 mingta xonadonni sotib oldilar. Ulardan 70 foizini viloyatlik fuqarolar tashkil qildi. Xukumat, shuningdek fuqaroligi bо‘lmagan shaxslar sonini kamayitirish uchun qat’iy chora-tadbirlarni qabul qildi. Faqat о‘tgan yilning о‘zida 50 ming nafar yurtdoshimiz О‘zbekiston fuqarooligiga ega bо‘ldi, bu yil esa 20 mingdan ziyod shaxs fuqarolikka ega bо‘lish imkoniyatini qо‘lga kiritdi.
Xukumatimiz tomonidan olib borilayotgan ijobiy islohotlarga befarq bо‘lmasdan, barchamiz о‘zimizning ijobiy hissamizni qо‘shmog‘imiz lozim.
Baxtiyor Mamadaminov,
Jinoyat ishlari bо‘yicha
Yangiobod tuman sudining raisi