2023 yil 30 aprel kuni о‘tkazilgan umumxalq referendumida ovoz berish orqali О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga о‘zgartirish va qо‘shimchalar kiritildi.
Qomusimizga о‘zgartirish va qо‘shimchalar kiritishdan asossiy maqsad, fuqarolarning munosib hayot kechirishini, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni, kо‘p millatli jonajon О‘zbekistonimizning farovonligini va gullab-yashnashini ta’minlashni maqsad qilgan.
Eski tahrirdagi О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 128 moddadan iborat bо‘lgan bо‘lsa, hozirgi yangi tahrirdagi О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 155 moddadan iborat.
Bu esa о‘z navbatida inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadigan insonparvar demokratik davlatni, ochiq va adolatli jamiyatni barpo etish, mamlakatimizning bebaho tabiiy boyliklarini kо‘paytirishga hamda hozirgi va kelajak avlodlar uchun asrab-avaylashga hamda atrof-muhit musaffoligini saqlashga, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsip va normalariga, О‘zbekistonning jahon hamjamiyati, eng avvalo, qо‘shni davlatlar bilan dо‘stona munosabatlarini hamkorlik, о‘zaro qо‘llab-quvvatlash, tinchlik va totuvlik asosida mustahkamlash hamda rivojlantirishga xizmat qiladi.
Yangi tahrirdagi О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 47-moddasida “Har kim uy-joyli bо‘lish huquqiga ega.
Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u kо‘rgan zararlarning о‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi.
Davlat uy-joy qurilishini rag‘batlantiradi va uy-joyga bо‘lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi qonun bilan belgilanadi.
Baxtiyor Mamadaminov,
Jinoyat ishlari bо‘yicha
Yangiobod tuman sudining raisi