Hukumatimiz tomonidan keyingi yillarda barcha sohalarda korrupsiyaga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.
Korrupsiya illatiga qarshi kurash uchun bir qator chora-tadbirlar ham amalga oshirildi va bu ishlar davom etmoqda.
Jumladan: har yili davlat xizmatidagi fuqarolarning oylik maoshlari bosqichma-bosqich oshirilib borilmoqda, aholining daromadlarini oshirish uchun sharoitlar yaratildi va bu ishlar davom ettirilmoqda.
Xukumatimiz tomonidan ushbu jinoyatni sodir etilishi oldini olish maqsadida, turli sohalar elektronlashtirildi va davlat xizmatlari markazlari tashkil etilib, fuqarolarning sarsongarchiliklarining oldini olish uchun arizalarni onlayn yuborish yo‘lga qo‘yildi.
Xukumatimiz tomonidan fuqarolar uchun barcha qulayliklar yaratilgan bo‘lsada, ammo ba’zi bir fuqarolarimiz tomonidan ushbu jinoyatni sodir etishayotgani achinarlidir.
Korrupsiya jinoyatni sodir etish usuli sifatida, faqatgina ma’lum miqdordagi pulni pora tariqasida olishni tushinmaslik kerak.
Mansabdor shaxsning o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy manfaatdor bo‘lishi ham korrupsiya jinoyatini sodir etish usullari sifatida baholanadi.
Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan o‘zi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy manfaatdor bo‘lishi — Pora olish jinoyati sifatida baholanadi. (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 210-modda).
Xukumatimiz amalga oshirayotgan chora-tadbirlar, ushbu jinoyatni oldini olish, fuqarolarning yashash tarzi yaxshilanishiga, davlatimizning rivojlanishi uchun muhim omil bo‘lmoqda.
Baxtiyor Mamadaminov,
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Yangiobod tuman sudining raisi