Bugun Yangiobod tumani hokimi "Ichki ishlar organlari xodimlari kuni" munosabati bilan tumanda faoliyat yuritayotgan ichki ishlar organlari xodimlari bilan uchrashdi. Uchrashuvda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, nuroniylar hamda tuman faollari ham ishtirok etishdi.
Tadbirda tuman hokimi Ibrohim Qarshiboyev soʻz olib, oʻz hayotini el-yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini asrashdek ezgu va olijanob ishga bagʻishlagan barcha ichki ishlar organlari xodimlarini bayram bilan tabrikladi va soʻnggi yillarda ushbu tizimida olib borilgan keng koʻlamli ijobiy ishlar haqida toʻxtaldi.
Shundan soʻng tumanda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, fuqarolarimiz huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish hamda jamiyatimizda qonun ustuvorligini taʼminlashdek sharafli va masʼuliyatli ishga oʻz hayotini bagʻishlab, samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh ichki ishlar organlari xodimlariga faxriy yorliq va esdalik sovgʻalar topshirildi.