Unda tuman saylov komissiyasi raisi Avazbek Rasulberdiyev joriy yilning 27-oktabrida xalq deputatlari tuman Kengashiga boʻlib oʻtgan saylov natijalari boʻyicha axborot berdi.
Sessiyada xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, xalq deputatlari tuman Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.
Shuningdek, sessiya kun tartibida xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnoma hamda xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi kotibiyati Nizomi ham tasdiqlab olindi.
Sessiyada ishtirok etgan viloyat hokimining o‘rinbosari Latibjon Ahmadjonov Jizzax viloyati hokimi tomonidan Yangiobod tumani hokimi lavozimiga Qarshiboyev Ibrohim Boltayevich nomzodi ko‘rsatilganligini bildirdi.
Shundan so‘ng tuman hokimligiga nomzod Qarshiboyev Ibrohim Boltayevich hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqboliga moʻljallangan dasturi bilan yig‘ilganlarni tanishtirib o‘tdi.
Sessiyada Qarshiboyev Ibrohim Boltayevich Yangiobod tumani hokimi lavozimiga deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.