Yangiobod tumanida joylashgan 19-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudining raisi O.Egamberdiev va devonxona mudiri Sh.Cho'liboevlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaning ma’zmun mohiyati, O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 25 dekabrdagi “Sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-889-sonli Qonuni mazmun-mohiyati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 20 yanvardagi “Yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-18-sonli Farmoni va Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish mavzularida chiqish qildi.
Shuningdek uchrashuv davomida o‘quvchilar bilan Konstitutsiya moddalarida o‘quvchilar uchun kiritilgan yangiliklar yuzasidan sud raisi tomonidan tushuntirishlar olib borilib, qizg‘in ravishda savol-javoblar bilan davom etdi.
O.Egamberiev,
Fuqarolik ishlari bo’yicha
Zarbdor tumanlararo sudining raisi
Sh.Cho’liboyev,
Fuqarolik ishlari bo’yicha Zarbdor
tumanlararo sudining devonxona mudiri