Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik 40 foizgacha ustamalar beriladi

Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik 40 foizgacha ustamalar beriladi

01 июнь 2022 йил
500
0

Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar tarbiyaviy jarayonning amalga oshirilish sifati va samaradorligiga, sinfdan tashqari ishlarga hamda o'quvchilarni insonparvarlik va mehr-oqibat ruhida tarbiyalashga, tegishli sinflar va o'quv fanlari uchun tasdiqlangan umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standartlarida nazarda tutilgan bilimlar va ko'nikmalar to'liq hajmining o'quvchilar tomonidan o'zlashtirib olinishi darajasiga va o'quv jarayoniga qo'shilgan aniq hissa, o'qitishning yuqori samaradorligi va sifati uchun 40 foizgacha miqdorda belgilanadi.

Pedagog xodimlarning faoliyatini baholash mezonlari asosida to'plagan umumiy ballari bo'yicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:
65 — 70 ball to'plasa — 10 foiz;
71 — 75-ball to'plasa — 15 foiz;
76 — 80 ball to'plasa — 20 foiz;
81 — 85 ball to'plasa — 25 foiz;
86 — 90 ball to'plasa — 30 foiz;
91 — 95 ball to'plasa — 35 foiz;
96 — 100 ball to'plasa — 40 foiz.

Umumta'lim muassasalari pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga Jamg'arma hisobidan har oylik ustamalar yangi o'quv yili uchun o'tgan o'quv yili yakunlari bo'yicha belgilanadi.

Kutubxona xodimlarining faoliyatini baholash mezonlari asosida to'plangan umumiy ballari bo'yicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:
65 — 75 ball to'plasa — 10 foiz;
76 — 85-ball to'plasa — 15 foiz;
86 — 100 ball to'plasa — 20 foiz;

Umumta'lim muassasalari kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga Jamg'arma hisobidan har oylik ustamalar yangi o'quv yili uchun o'tgan o'quv yili yakunlari bo'yicha belgilanadi.

Psixolog xodimlarining faoliyatini baholash mezonlari asosida to'plangan umumiy ballari bo'yicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:
65 — 75 ball to'plasa — 10 foiz;
76 — 85-ball to'plasa — 15 foiz;
86 — 100 ball to'plasa — 20 foiz;

Umumta'lim muassasalari psixolog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga Jamg'arma hisobidan har oylik ustamalar yangi o'quv yili uchun o'tgan o'quv yili yakunlari bo'yicha belgilanadi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentabrdagi 823-son qaroriga asosan tasdiqlangan "Umumiy o'rta ta'lim muassasalarining o'rnak ko'rsatgan xodimlarini rag'batlantirishning direktor jamg'armasini tashkil etish va uning mablag'laridan foydalanish tartibi to'g'risida"gi Nizom

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Iyun oyidan boshlab, pedagog xodimlar qancha oylik oladi?
23 май 2022, Понедельник
Iyun oyidan boshlab, pedagog xodimlar qancha oylik oladi?
Yangi O‘zbekistonning bir qismi bo‘l
16 май 2022, Понедельник
Yangi O‘zbekistonning bir qismi bo‘l
Korxonalar  vatashkilotlar faoliyatining umumiy tavsifi
03 декабрь 2021, Пятница
Korxonalar vatashkilotlar faoliyatining umumiy tavsifi
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар