Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Pensiya jamg‘armasi “Ishonch telefoni”ga 2022-yil yanvar-oktabr oylari davomida qanday murojaatlar kelib tushdi?

Pensiya jamg‘armasi “Ishonch telefoni”ga 2022-yil yanvar-oktabr oylari davomida qanday murojaatlar kelib tushdi?

29 ноябрь 2022 йил
358
0

Pensiya jamg‘armasi tomonidan  mazkur murojaatlarni O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq o‘z vaqtida hamda sifatli ijro etilishi qat’iy nazoratga olingan.

Shu o‘rinda raqamlarga eʻtibor qaratadigan bo‘lsak, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi “Ishonch telefoni”ga 2022-yil yanvar-oktabr oylari davomida Pensiya jamg‘armasi tizimi “Ishonch telefoni”ga 265 083 ta murojaatlar kelib tushgan. Shundan, 263 361 ta murojaatlar bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilgan, 1 722 ta murojaatlar bo‘yicha qo‘shimcha o‘rganishni talab qilganligi munosabati bilan ijro uchun qabul qilingan.

2022-yil yanvar-oktabr oylari davomida Pensiya jamg‘armasi tizimi “Ishonch telefoni”ga 1 722 ta yozma murojaat kelib tushgan. Shundan pensiya va nafaqa tayinlash masalasida1 091 ta yoki 64,8%, pensiya va nafaqa to‘lovi bo‘yicha 527 ta yoki 31,3%, pensiya ta’minotiga tegishli bo‘lmagan boshqa masalalar 65 ta yoki 3,9% murojaatlar kelib tushgan.

Murojaatlar kesimida tahlil qilinganda, 17,3 foizi(42 346 ta) pensiya va nafaqa tayinlash masalasida, sentabr oyida avgust oyiga nisbatan 35 foiz(1 747 ta)ga kamaygan2,7 foizi(6 612 ta) pensiya va nafaqa to‘lovi masalasida, sentabr oyida avgust oyiga nisbatan 30 foiz(319 ta) ga kamaygan2,9 foizi(7 214 ta) SMS-pensiya xizmati noto‘g‘ri ulangani masalasida sentabr oyida avgust oyiga nisbatan 27 foiz(189 ta) ga kamaygan1,1 foizi(2 685 ta) pensiya va nafaqalar yetkazib berilishi kechikishi masalasida, sentabr oyida avgust oyiga nisbatan 57 foiz(97 ta) ga oshgan3,1 foizi(7 512 ta) suyunchi, dafn va kompensatsiya to‘lovlari masalasida sentabr oyida avgust oyiga nisbatan 74 foiz(729 ta) ga kamaygan0,1 foizi(74 ta) korrupsiya va etika masalasida, sentabr oyida avgust oyiga nisbatan 200 foiz (2 ta) ga oshgan4,5 foizi(11 020 ta) bir martalik moddiy yordam to‘lovi masalasida, sentabr oyida avgust oyiga nisbatan37 foiz (178 ta) ga oshgan66,7 foizi(163 671 ta) bolalar nafaqasi va moddiy yordam masalasida, sentabr oyida avgust oyiga nisbatan 6 foiz(1 094 ta) ga kamaygan1,6 foizi(4 006 ta) pensiya ta’minotiga tegishli bo‘lmagan boshqa masalalarda, sentabr oyida avgust oyiga nisbatan 31 foiz (179 ta) ga kamaygan.

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi “Ishonch telefoni”ga kelib tushgan murojaatlardagi masalalar o‘rganilib, kelgusida ularning sonini kamaytirish, takroriy murojaatlarni oldini olish maqsadida Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparati va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan 2022-yil yanvar-oktabr oylari davomida 24 153 marotaba sayyor qabul uchrashuvlari o‘tkazildi.

Jumladan, ijro etuvchi apparat tomonidan 48 marotaba, hududiy boshqarmalar tomonidan 1 025 marotaba, tuman(shahar) bo‘linmalari tomonidan 23 068 marotabani tashkil etadi.

Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparati, hududiy boshqarmalar va tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan koronavirus pandemiyasi davrida fuqarolarga pensiya va nafaqalar uchun murojaat qilish tartibi, tayinlash va to‘lash muddatlari va shartlari to‘g‘risida tushuntirish va maʻlumotlar berib borilmoqda. Shu bilan birgalikda, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan pensiya va nafaqa oluvchilarga qulaylik yaratish hamda keksa yoshdagi fuqarolar uchun Pensiya jamg‘armasiga kelmasdan murojaat qilish, maʻlum vaqtlarini tejash maqsadida, “Ishonch telefoni” 11-40 qisqa raqami mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda (dam olish kunlari va tushlik tanaffuslarini xisobga olgan holda) faoliyat ko‘rsatib kelmoqda va hozirgi kunda takomillashtirilib borilmoqda.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар