Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlashda qanday hollarda rasmiy daromad talab etilmaydi?

Ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlashda qanday hollarda rasmiy daromad talab etilmaydi?

22 август 2022 йил
439
0

Bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlarini o‘z vaqtida manzilli va maqsadli yetib borishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 654-sonli “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan quyidagi fuqarolarga rasmiy daromad talab etilmaydi.

  • “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida hisobda turgan shaxslarga;
  • bola uch yoshga to‘lguniga qadar parvarish qililayotgan onalarga (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga);
  • ta’lim muassasalarida o‘qiyotganlarga (ta’limning kechki va sirtqi shakllari bundan mustasno);
  • ishlamaydigan pensionerlarga, davlat pensiyasi tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga va mehnatga layoqatsizlik yuzasidan nafaqa oluvchi fuqarolarga, OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga, I yoki II guruh va bolalikdan nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha shaxslarga;
  • amalda tomorqa yer va/yoki dehqon xo‘jaligini yuritish bilan band bo‘lgan oila a’zolariga;
  • 18 yoshgacha bolalikdan nogironligi bo‘lgan, shu jumladan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarning onalariga (onasi bo‘lmagan holda otasiga), oila a’zosi hisoblangan I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsni yoki o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan keksalarni parvarish qilayotganlarga;
  • chet elda ishlaydigan yoki chet elda tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi oila a’zolariga;
  • sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bo‘yicha jazoni ijro etish muassasalarida bo‘lganligi munosabati bilan oilada bo‘lmagan a’zolariga;
  • oilaning chaqiriq bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan a’zolariga;
  • bolasini yolg‘iz tarbiyalayotgan yolg‘iz onalar (otalar)ga hamda nikohi bekor qilingan ayollarga;
  • rasmiy daromad manbalariga ega bo‘lmagan va oxirgi bir yil mobaynida “Temir daftar” ro‘yxatida bo‘lgan oilalarga;
  • to‘rt va undan ortiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan farzandi mavjud bo‘lgan oilaning mehnatga layoqatli har bir a’zosiga nisbatan.

Nafaqani tayinlash yoki rad etish to‘g‘risida qaror inson omilisiz “Yagona reestr” tomonidan avtomatik ravishda qabul qilinadi.

Bunda fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari va Pensiya jamg‘armasi xodimlari nafaqa tayinlash yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqiga ega emas.

Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Yangiobod tuman boʻlimi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар