Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Live: 23-“Qoʻshqand 2” saylov okrugi boʻyicha saylov natijasi ma'lum qilindi

Live: 23-“Qoʻshqand 2” saylov okrugi boʻyicha saylov natijasi ma'lum qilindi

13 январь 2023 йил
266
0

Ayni vaqtda boʻlib oʻtayotgan Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi 51 sessiyasining dastlabki masalasi yuzasidan tuman saylov komissiyasi raisi A.Rasulberdiyev Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining boʻshab qolgan 23-“Qoʻshqand 2” saylov okrugi boʻyicha oʻtkazilgan saylov yakunlari toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasiga muvofiq 2023-yil 5 yanvar kuni xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining boʻshab qolgan 23-“Qoʻshqand 2” saylov okrugiga saylov boʻlib oʻtdi.

Tuman saylov komissiyasi tomonidan xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashiga saylov oʻtkazuvchi 23-“Qoʻshqand 2” saylov okrugi boʻyicha saylov natijasi aniqlandi.

Saylov natijalariga koʻra Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi tomonidan koʻrsatilgan nomzod Hasanov Valijon Keldibekovich 82,5 foiz ovoz olib, tuman Kengashi deputatligiga saylandi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар