Yangiobod SHFY hududiga o‘zgartirish kiritish hamda Shodlik MFY tarkibidagi Sayqal, Obodlik va Shodlik ko‘chalarida yashovchi oilalarni Yangiobod SHFY tarkibiga qo‘shish to‘g‘risida Xalq deputatlari Yangiobod tuman kengashi qarori
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-martdagi 48-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Shaharlar, posyolkalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, bo‘lish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va o‘zgartirish, ularga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014 y., 10-son, 107-modda) asosida, Yangiobod tumani Shodlik mahalla fuqarolar yig‘inining 2023-yil 16-fevraldagi 04-sonli yig‘ilish bayoni, “Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limining iltimosnomasi hamda Shodlik MFY hududidagi Sayqal, Obodlik, Shodlik ko‘chalarida yashayotgan aholining talab va istaklarini inobatga olish to‘g‘risidagi tuman hokimi taklifini ko‘rib chiqib, Xalq deputatlari tuman Kengashi
QAROR QILADI:
- Shodlik mahalla fuqarolar yig‘ini tarkibidagi Sayqal ko‘chasi va unda yashovchi 38 ta oila, Obodlik ko‘chasi va unda yashovchi 16 oila, Shodlik ko‘chasi va unda yashovchi 31 oila, jami 85 ta oila Yangiobod shaharcha fuqarolar yig‘ini tarkibiga o‘tkazilsin va Shodlik MFYga tegishli 169.0 gektar yer maydoni ilovaga muvofiq Yangiobod shaharcha fuqarolar yig‘ini hududiga qo‘shilsin.
- Tuman hokimining o‘rinbosari (R.Abdug‘aniyev) manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda mahalla fuqarolar yig‘inlarining oilalar soni o‘zgartirilishi bilan bog‘liq ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlasin.
- Tuman Kadastr Agentligi (A.O‘rinboev)ga Yangiobod SHFY va Shodlik MFY chegaralarini qayta ko‘rib chiqib, o‘zgartirish kiritish vazifasi topshirilsin.
- Tuman statistika bo‘limi (Y.Sharofboev) ushbu qarorga muvofiq aholi punktlari tarkibiy qismlarining statistik ko‘rsatkichlariga ikki hafta muddatda zarur o‘zgartirishlar kiritsin.
- Tuman ichki ishlar bo‘limi (Sh.Axmedov) Yangiobod SHFYga o‘tkazilgan aholining fuqarolik pasportlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish ishlarini tashkiliy ravishda amalga oshirsin.
- Tuman hokimligi axborot xizmati (D.Rajabov), “Yangiobod ovozi” tahririyati (А.Muhammadiev) mazkur qarorni tuman hokimligining rasmiy veb saytida hamda mahalliy matbuotda chop etish va uning ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin.
- Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
- Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi I.Xidirov zimmasiga yuklatilsin.
Xalq deputatlari Yangiobod tuman
kengashi raisi I.B.Qarshiboyev
2023 - yil 5 - aprel
№ VI-54-58-3-54-K/23
Онлайн: kengash-karori-58-son.pdf