Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Yangiobodda "Uch avlod uchrashuvi" bo'lib o'tdi (Video)

Yangiobodda "Uch avlod uchrashuvi" bo'lib o'tdi (Video)

21 июнь 2023 йил
333
0

Yangiobod tumanidagi Sarmich mahallasida tuman hokimligi hamda "Nuroniylar" jamg'armasi hamkorligida "Uch avlod uchrashuvi" bo'lib o'tdi.

Tadbirda turli sohalarda samarali faoliyat yuritgan mehnat faxriylari, ijodkorlar, nafaqadagi ustozlar, katta va o'rta avlod vakillari o'z hayotiy tajribalari, bosib o'tgan ibratli umr yo'llari haqida yoshlarga hikoya qilishdi.

Uchrashuvda tuman hokimi Ibrohim Qarshiboev hamda Respublika "Nuroniylar" jamg'armasi mas'ul xodimi Habibulla Yunusovlar ishtirok etishib, bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar xususidagi mulohazalarini bildirishdi.

Shuningdek, buyuk ajdodlarga munosib bo'lish, yurtimiz taraqqiyotiga dahldorlik hissi bilan yashash har bir yoshning muqaddas burchi ekanini ta'kidladilar.

Tadbir davomida madaniyat bo'limi ijodkorlari va mehmon san'atkorlar ijrosida kuy-qo'shiqlar yangradi.

Ijtimoiy hayotda faol bo'lgan nuroniy otaxonu-onaxonlarga tuman hokimi tomonidan faxriy yorliqlar topshirildi.

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар