Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Tabiat resurslari vazirligi Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi

Tabiat resurslari vazirligi Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi

22 май 2023 йил
277
0

Jizzax viloyati Yangiobod tumani "Sarmich" MFY hududida yovvoyi hayvonlarga shafqatsizlarcha munosabatda bo‘linayotgani haqida tarqalgan xabar yuzasidan Tabiat resurslari vazirligi Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida haqiqatdan ham Yangibod tumani "Sarmich" MFYda yashovchi S. B. ismli fuqaro tomonidan "Yuqori Sarmich" qishlog‘i hududida adashib qolgan bir dona tulkini tutib, tutqinlikda saqlagani aniqlandi. Bu holatda fuqaro tomonidan O‘zbekiston Respublikasi "Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi Qonunning 4,24, 26-moddalari talablari buzilgan. Fuqaroga MJtKning 90-moddasi, 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning o‘n baravari, ya’ni 3 300 000 so‘m miqdorida jarima belgilandi.

Tulkiga shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lgan bolalar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borildi. Tulki tutqinlikdan ozod etilib, tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborilgan.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар