Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fuqaro tomonidan bo‘rining so'yilishi aks etgan suratli xabar yuzasidan munosabat bildirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fuqaro tomonidan bo‘rining so'yilishi aks etgan suratli xabar yuzasidan munosabat bildirildi

14 февраль 2023 йил
332
0

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati, Yangiobod tumanining Uchturgon qishlog‘ida fuqaro tomonidan bo‘rining so'yilishi aks etgan suratli xabar yuzasidan Tabiat resurslari vazirligi Jizzax viloyati boshqarmasi ekologik inspeksiyasi tomonidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganishlar davomida Yangiobod tumani "Havotog‘" QFYning Uchturgon qishlog‘ida yashovchi fuqaro J.Z. tomonidan bundan ikki yil oldin ushbu holat sodir etilgani aniqlangan.

Tabiat resurslari vazirligi Jizzax viloyati boshqarmasi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha (https://t.me/ecogovuz/41688), holat yuzasidan fuqaroga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 90-moddasi, 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning o‘n baravari, ya’ni 3 mln. so‘m miqdorida jarima qo‘llanilgan.

Shuningdek, fuqaroga hayvonot dunyosi davlat tomonidan muhofaza etilishi to‘g‘risida tushuntirish olib borilgan.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар