Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45

“Suyunchi puli” miqdori qancha ?

23 февраль 2023 йил
7 227
0

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 noyabrdagi 704-son qaroriga muvofiq, bola tug‘ilganda suyunchi nafaqasini olish bo‘yicha kompozit xizmati joriy etilgan.

Ya’ni, fuqarolar bola tug‘ilganda suyunchi nafaqasini tayinlash uchun Pensiya jamg‘armasiga yoki ish joyiga ariza berishi talab etilmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Xalq bankining istalgan filialiga murojaat qilish orqali nafaqa to‘lash tizimi joriy qilingan.

Bunda, suyunchi nafaqasi to‘lovi uchun zarur ma’lumotlar Pensiya jamg‘armasi tomonidan inson omilisiz tegishli vazirlik va idoralardan elektron shaklda olingan holda axborot tizimi orqali Xalq bankiga yuboriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 871-son qaroriga muvofiq, suyunchi nafaqasi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (2022 yil 1 iyundan 920 000 so‘m)ning 70,3 foizi miqdorida, ya’ni 646 760 so‘m etib belgilangan.

Shuningdek, qonunchilikka muvofiq fuqaro tomonidan farzandi tug‘ilganligi haqidagi guvohnomani rasmiylashtirish uchun bazaviy hisoblash miqdori (2022 yil 1 iyundan 300 000 so‘m)ning 15 foizi (45 000 so‘m) miqdoridagi gerb yig‘imi hamda bolani doimiy ro‘yxatga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdori (2022 yil 1 iyundan 300 000 so‘m)ning 2 foizi (6 000 so‘m) miqdoridagi davlat boji to‘lanishi lozim.

Yuqoridagi yig‘im va bojlarni to‘lash bilan bog‘liq fuqarolarning ovoragarchiliklari hamda ortiqcha rasmiyatchiliklarni bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 noyabrdagi 704-son qaroriga muvofiq ushbu to‘lovlarni bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulidan avtomatik ravishda chegirilgan holda fuqaroga to‘lanishi joriy etilgan.

Misol uchun, nafaqa summasi 646 760 so‘m bo‘lib, ushbu summadan fuqaro tomonidan gerb yig‘imi va davlat boji uchun to‘lashi lozim bo‘lgan jami 51 000 so‘m chegirilib, fuqaro Xalq banki filialiga murojaat qilganda yoki uning xohishiga ko‘ra bank kartasiga 595  760 so‘m to‘lab beriladi.

Ushbu nafaqa to‘lovi bilan bog‘liq qo‘shimcha savollar bo‘yicha Pensiya jamg‘armasining “Ishonch telefoni” 11-40 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin. 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар