"Kelajak bunyodkori" medali sohibasi Nafisa Nabiqulova munosib taqdirlandi
Xabaringiz bor, Yangiobod tumani Sarmich mahallasida tug'ilgan Nafisa Nabiqulova Jizzaxning “So'g'diyona- W” ayollar futbol klubi hamda futbol bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasida to'p surib, bir qator yuksak natijalarga erishib kelmoqda.
Xususan, Nafisa Nabiqulova yaqinda Prezident farmoniga asosan Vatanimizning xalqaro maydondagi obro'-e'tiborini yuksaltirishga munosib hissa qo'shayotgani, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida faolligi va tashabbuskorligi bilan tengdoshlariga o'rnak bo'layotgani, shuningdek o'qishda va mehnat faoliyatida katta yutuqlarga erishib kelayotganligi uchun "Kelajak bunyodkori" medali sohibasi bo'ldi.
Bugun Yangiobod tumanida tashkil etilgan marosimda sportchining o'z faoliyatidagi yuksak natijalari, shuningdek, ayollar sportini rivojlantirish va bu borada yoshlaga o'rnak bo'lib kelayotganligi e'tirof etilib, tuman hokimligi, maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi hamda sport bo'limi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg'alari topshirildi.