Yangiobod tumanida "Dolzarb 30 kun" doirasidagi tadbirlar davom etmoqda
Ayni kunlarda mamlakatimiz bo'ylab O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 5 iyul kunidagi tegishli farmoyishiga muvofiq joriy yilning 10 iyul kunidan 10 avgust kuniga qadar Yong'in xavfsizligini ta'minlash bo'yicha "Dolzarb 30 kun" tadbirlari o'tkazilmoqda.
Xususan, Yangiobod tuman favqulodda vaziyatlar bo'limi tomonidan bozor hududida, choyxona, kafe va boshqa obyektlarda yong'inga qarshi profilaktik suhbatlar, tushuntirish va targ'ibot ishlari olib borilib, zaruriy tavsiyalar berilmoqda.
Муҳокамага қўшилинг