“Yangi O‘zbekiston madhini kuylayman” nomli qo‘shiqlar tanlovining tuman bosqichi bo'lib o'tdi
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yangiobod tuman bo‘linmasi tomonidan tuman Madaniyat bo'limi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlab 18-30 yoshli uyushmagan yoshlar o‘rtasida “Yangi O‘zbekiston madhini kuylayman!” mavzusidagi qo‘shiqlar tanlovining tuman bosqichi o'tkazildi.
“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida tashkil etilgan qo'shiqlar tanlovida ishtirokchilar chiqishlari hakamlar tomonidan baholab borildi.
Tanlov yakunida g'oliblar tuman Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, tanlovning viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdilar.
Муҳокамага қўшилинг