"Do'stlik" MFY hududidagi maktabda ham mukammal ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 2 maydagi PQ-146 sonli qaroriga muvofiq Yangiobod tuman Sarmich MFY Jo'langar qishlog'ida joylashgan 7-umumiy o'rta ta'lim maktabida mukammal ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Loyiha quvvati 2.3 mlrd so'm bo'lib, moliyalashtirish manbai Respublika budjeti mablag'lari hisobidan to'lib qoplangan. Hozirgi kunda qurilish pudrat ishlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, ushbu qaror asosida Yangiobod tumani, "Do'stlik" MFY hududidagi 10-son umumta'lim maktabida ham mukammal ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Loyiha quvvati 1 mlrd so'mni tashkil etib, Respublika budjeti mablag'lari hisobidan moliyalashtirilgan. Hozirgi kunda ta'mirlash ishlari davom etmoqda.
Муҳокамага қўшилинг