Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Yangiobodda II "Ustozlar milliy forumi" o'tkazildi

Yangiobodda II "Ustozlar milliy forumi" o'tkazildi

25 август 2023 йил
284
0

Xabaringiz bor, har yili avgust oyida yangi o'quv yili oldidan yangi maqsad va rejalar, o'tgan yilda amalga oshirligan ishlar tahliliga bag'ishlangan kengashlar pedagogik jamoalar o'rtasida muhokama etiladi. 

Xuddi shu maqsadda Yangiobod tuman Maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi tomonidan "Sifatli ta’lim - kuchli jamiyat" shiori ostida II "Ustozlar milliy forumi" tashkil etildi. Forumda faol mehnat qilayotgan pedagoglar va faxriy ustozlar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida bo'lim boshlig'i E.Muxtorov oʼtgan oʼquv yili davomida taʼlim tizimida erilishgan natijalar, yangi oʼquv yiliga moʼljallangan rejalar bilan yig'ilganlarni tanishtirdi.

Shuningdek, Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab tanlovining tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan 7, 1, 12 - maktablariga moddiy texnik bazasini yaxshilash maqsadida jami qiymati 225 million so‘mlik zamonaviy jihozlar, 3, 5, 6-maktablarga eng so'nggi rusumdagi kompyuter jamlanmalari, hamda barcha umumta'lim maktablarga 100 mln so'mlik umumiy soni 800 dona sport jihozlari topshirildi.

Forum davomida oʼtgani yili faollik koʼrsatgan bir guruh oʼqituvchi va tarbiyachilar boʼlim rahbariyati hamda Taʼlim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman Kengashi tomonidan taqdirlandi.

Tadbirda oʼqituvchilar shoʼʼbalarga boʼlindi. Ularga malakali trener oʼqituvchilar tomonidan taʼlimdagi yangi baholash tizimi va barcha fanlar boʼyicha ilgʼor oʼqitish metodiklari tanishtirildi.

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар