Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Yangiobodda tadbirkorlik sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishib kelayotgan Farhod Isroilov ishtirokida muloqot bo'lib o'tdi (Video)

Yangiobodda tadbirkorlik sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishib kelayotgan Farhod Isroilov ishtirokida muloqot bo'lib o'tdi (Video)

25 август 2023 йил
201
0

Yangiobod tumanida koʻzga koʻringan, tadbirkorlik sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishib kelayotgan Farhod Isroilov ishtirokida aholi bilan muloqot boʻlib oʻtdi.

Tadbirkor soʻzini kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan boshladi.

 Taʼkidlanganidek, bugungi kunda biznes biznes vakillarini qoʻllab quvvatlash, davlat siyosati darajasiga koʻtarilib, Prezidentimiz tomonidan sohani har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Jumladan, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirishlari uchun uldarga qulay ishbilarmonlik muhiti yaratib berilmoqda. Muloqot davomida tadbirkor aholiga biznes olamiga kirib kelishidan tortib, bosib oʻtgan yoʻllari, qoʻlga kiritayotgan yutuqlari hamda biznes loyihalari bilan oʻrtoqlashdi.

Tadbirkorning aytishicha, bundan 19 yil avval yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ish boshlagan Farhod Isroilov 2009-yili “Balandchaqir kelajagi” xususiy korxonasiga asos solib, yuridik shaxs sifatida oʻz faoliyatini kengaytirib bormoqda. Hozirda savdo, xizmat koʻrsatish va umumiy ovqatlanish yoʻnalishlari boʻyicha tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda.

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар