Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » SAVDO-SANOAT PALATASI VAKOLATLARI KENGAYTIRILMOQDA

SAVDO-SANOAT PALATASI VAKOLATLARI KENGAYTIRILMOQDA

31 январь 2023 йил
394
0

Hozirgi kunda yurtimizda tadbirkorlikka alohida e’tibor qaratilayotgani bejiz emas. Chunki mamlakatning rivojlanishi, xalqaro hamjamiyatlar bilan integratsiyalashuvi bevosita hamda bilvosita tadbirkorlikning qay darajada rivojlanganligiga bogliqdir. Ushbu sohani taraqqiy etishi uchun tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qiladigan tizim, tuzilma shart. Savdo-sanoat palatasi bu vazifani bajara oladi, desak mubolaga bolmaydi. Savdo-sanoat palatasi yanada koproq tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishi, tom ma’noda biznes himoyachisiga aylanishi uchun bir qator vakolatlar berilmoqda. Jumladan, joriy yilning 23-yanvar kuni “Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-15-son Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori qabul qilinib, bir qator vakolatlar berildi.
Aholini tadbirkorlikka jalb qilishni yanada jadallashtirish, tadbirkorlik tashabbusini amalga oshirish uchun qulay huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoitlarni ta’minlash, respublikamiz tadbirkorlik subyektlarining xalqaro ishbilarmonlik hamjamiyatiga integratsiyalashuvini kengaytirish borasidagi Savdo-sanoat palatasi faoliyatini takomillashtirish maqsadida Savdo-sanoat palatasiga:

  • Hukumatga ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash, biznesning rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan yoki uni cheklayotgan normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ularni bekor qilish to‘g‘risidagi ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan masalalarni kiritish;
  • Palata a’zolarining manfaatlarini ko‘zlab Oliy sudga ariza berish hamda iqtisodiy, ma’muriy, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarini qayta ko‘rib chiqish yuzasidan shikoyat kiritish;
  • tadbirkorlik muhitini yaxshilash bo‘yicha takliflarni to‘g‘ridan to‘g‘ri Bosh vazirga kiritib borish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va idoralarda, shuningdek, xalqaro tashkilotlarda tadbirkorlik subyektlari manfaatlarini ifodalash;
  • biznes muhitini yaxshilash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida, tadbirkorlik masalalari borasida jamoatchilik eshituvlarini tashkil qilib borish;
  • tadbirkorlikni rivojlantirish, respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirishda o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan biznes vakillari va boshqa shaxslarni mukofotlarga tavsiya qilish;
  • mahalliy davlat hokimiyati va boshqa hududiy davlat organlariga hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish;
  • xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlari va hokimlar bilan hududdagi ishbilarmonlik muhitining holati, tadbirkorlik sohasida qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining ijrosi natijadorligi bo‘yicha tanqidiy muhokamalar o‘tkazib borish vakolatlari berildi.

Bundan tashqari, 2023-yil 1-fevraldan boshlab mikro, kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlari Palata a’zoligiga, a’zolik va kirish badallaridan ozod qilingan holda, tekin qabul qilinadi hamda qonunda nazarda tutilgan a’zolik bilan bog‘liq Palata xizmatlaridan to‘laqonli foydalanish huquqiga ega, Palata tomonidan ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha pullik xizmatlar bundan mustasno.
Bilamizki, sudlarga da’vo ariza, ariza va shikoyatlar bilan murojaat qilinganda, qonunchilikda belgilangan tartibda davlat boji tolanadi. Ammo Palata tadbirkorlik subyektlarining manfaatlarida O‘zbekiston Respublikasi sudlariga taqdim etadigan ariza, da’volar hamda apellatsiya va kassatsiya shikoyatlari bo‘yicha davlat boji to‘lovlaridan ozod etildi.

Shuningdek, Qaror bilan joylarda “Tadbirkorlar xiyobonlari” tashkil etilmoqda. Xiyobonlar tadbirkorlik subyektlari tomonidan Savdo-sanoat palatasiga to‘langan a’zolik badallari, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag‘lari hamda mahalliy budjetlar mablag‘lari hisobidan barpo etiladi, tashkil etilayotgan xiyobonlarda tadbirkorlar, bank vakillari, investorlarning biznes loyihalarini muhokama qilish hamda “B2B” tadbirlari va “kovorking” faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi, Wi-Fi zonalar tashkil qilinadi, bundan tashqari faol tadbirkorlarning erishgan natijalarini namoyish etish maqsadida yil davomida ko‘rgazmalar o‘tkazib boriladi.
Bularning barchasi tadbirkorlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlarning bir qismigina xolos. Shunday ekan, imkoniyatlardan unumli foydalangan holda biznes bilan shug’ullaning hamda yurtimiz taraqqiyotiga o`z hissangizni qo’shing.


Shomurod Begmatov,

Zomin tumanlararo iqtisodiy sudi raisi 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар