Yangiobod tumanida xizmatlar sohasi qancha bo'lgan?
Xizmatlar sohasini rivojlantirish ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatda olib borilayotgan bozor islohotlari jamiyatni rivojlantirishning eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini hal qilishda xizmat ko‘rsatish sohasining rolini oshirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Xizmatlarning xilma-xilligi aholining katta qismini hayot sifatini va farovonligini yaxshilash imkonini beradi.
Natijada, 2023 yil yanvar-iyul oylarida xizmatlar ishlab chiqarish hajmi 38,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi. O‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 88,7 foizni tashkil etdi.
Tumanda iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha bozor xizmatlari hajmi va sifatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Shundan xizmatlari hajmi tarkibida eng ko‘p aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (126,2 %), ta’lim sohasidagi xizmatlar (107 %) sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar (102,9 %) xizmatlar hissasini tashkil etdi.
Joriy yilning yanvar-iyul oylarida eng yuqori savdo xizmatlari 17 956,5 mln. so‘mlik bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ishlab chiqarish fizik hajm indeksi 98,0 foizga to‘g‘ri keladi.
Yangiobod tumanida eng katta xizmat hajmi savdo xizmatlari
(17,9 mlrd. so‘m), transport xizmatlari (6,0 mlrd. so‘m) hamda aloqa va axborotlashtirish xizmatlari(4,7 mlrd. so‘m) ga to‘g‘ri keladi.
Yangiobod tumani bo‘yicha yuqori ulush savdo xizmatlari
(46,3 %) va transport xizmatlari (15,6 %) da qayd etildi.
Uncha yuqori bo‘lmagan ulush boshqa xizmatlar (0,9 %), ta’lim sohasidagi xizmatlar (1,1 %) va shaxsiy xizmatlar (2,1 %) da qayd etildi.
Yangiobod tuman statistika bo'limi