Yangiobodlik Nafisa to'p surayotgan Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo o‘yinlarining yarim finalida!
Yangiobodlik Nafisa Nabiqulova (5) to'p surayotgan futbol boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi Xitoyning Xanchjou shahrida bo'lib o'tayotgan XIX yozgi Osiyo o‘yinlarining yarim finalida!
Midori Xonda boshchiligidagi futbol boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi ilk bor qatnashayotgan Osiyo oʻyinlarida yarim finalga yoʻl oldi. Xitoy Taipeyiga qarshi kechgan chorak finalning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. Qoʻshimcha taymlarda zaxiradan maydonga tushgan Umida Zoirovaning goli muhim gʻalabani keltidi
Oʻzbekiston 2 : 1 Xitoy Taipeyi
Gollar: Diyora Habibullayeva 52ʻ, Umida Zoirova 100ʻ – Su Yu-Xsuan 86ʻ
Eslatib o'tamiz, 3- oktyabr kuni O'zbekiston ayollar terma jamoasi futbolchilari yarim finalda Shimoliy Koreya jamoasiga qarshi o'yin o'tkazadi.