“Eng yaxshi mahalla raisi” va “Eng yaxshi xotin-qizlar faoli” Respublika tanlovning tuman bosqichi oʻtkazildi
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya Qoʻmitasining qarori asosida Sogʻliqni saqlash kasaba uyushmasi Jizzax viloyati kengashi, Yangiobod tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi hamda tuman oila va xotin-qizlar boʻlimi hamkorligida “Eng yaxshi mahalla raisi” va “Eng yaxshi xotin-qizlar faoli” Respublika tanlovning tuman bosqichi oʻtkazildi.
Tanlov 9 ta mezon asosida o'tkazilib, hamkamlar hayʼati tomonidan baholab borildi.
“Eng yaxshi mahalla raisi” koʻrik tanlovida 1-oʻrinni “Balandchaqir” MFY raisi-A.Karimov, 2-oʻrinni “Shodlik” MFY raisi-I.Boboyev, 3-oʻrinni “Xoʻjamushkent” QFY raisi-T.Mavlyanberdiyev hamda “Eng yaxshi xotin-qizlar faoli” koʻrik tanlovida 1-oʻrinni “Shodlik” MFY xotin-qizlar faoli-M.Kenjayeva, 2-oʻrinni “Yangiobod” SHFY xotin-qizlar faoli-G.Mamurboyeva, 3-oʻrinni “Sovot” QFY xotin-qizlar faoli-S.Norbekovalar egalladilar.