Yangiobod kasb-hunar maktabi direktori koʻkrak nishon bilan taqdirlandi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrugʻi bilan 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan oʻrta maxsus va professional taʼlim sohasida fidokorona faoliyat yuritib, yoshlarning sifatli taʼlim olishi va kasb-hunar egallashida oʻzining samarali mehnati bilan namuna boʻlayotgan, tizim rivoji uchun oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelayotgan soha fidoyilarining bir guruhi mukofotlandi.
Quvonarlisi, ular qatorida Yangiobod kasb-hunar maktabi direktori Bekmurodov Ulug‘bek Jo‘ramurodovich “O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Yangiobod tumani hokimligi nomidan Ulug‘bek Bekmurodovni ushbu mukofot bilan tabriklab, yoshlarga ta'lim-tarbiya berish va ularni Vatan ravnaqiga dahldor etib tarbiyalashdek mas'uliyatli ishlarida omadlar tilaymiz!