“Siyosiy-maʼrifat soati”da Yangiobod tumani hokimligi xodimlari ham ishtirok etishdi
Bugun Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilari uchun tashkil etilgan “Siyosiy-maʼrifat soati”da Yangiobod tumani hokimligi xodimlari ham ishtirok etishib, bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari toʻgʻrisida zaruriy maʼlumotlarga ega boʻldilar.
Shuningdek, “Siyosiy-maʼrifat soati”da Davlat xizmatchilariga O'zbekiston barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo'lida" mavzusida tushunchalar berildi.
Bundan tashqari, "Mutolaa vaqti” va ”Konstitutsiyaviy savodxonlik" rukni tashkil etilib, shuningdek, Oʻzbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar haqida ham maʼlumotlar berildi.
“Siyosiy-maʼrifat soati” Agentlikning ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali berildi.
Муҳокамага қўшилинг