Hokimlik xodimlari “Siyosiy-maʼrifat soati”da zaruriy maʼlumotlarga ega boʻldilar
Bugun Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilari uchun tashkil etilgan “Siyosiy-maʼrifat soati”da Yangiobod tumani hokimligi xodimlari ham ishtirok etishib, bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari toʻgʻrisida zaruriy maʼlumotlarga ega boʻldilar.
Shuningdek, “Siyosiy-maʼrifat soati”da Inson kapitalini rivojlantirish yoʻnalishida Singapur bilan hamkorlik, Xalqaro aloqalarda protokol va etiket qoidalari hamda Oʻzbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar haqida ham maʼlumotlar berildi.
Муҳокамага қўшилинг