Live: Sessiyada tumandagi Prezident xalq qabulxonasi mudirining axboroti tinglanmoqda
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining 62-sessiyasi kun tartibidagi 1-masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yangiobod tumanidagi xalq qabulxonasi mudiri N.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-31-sonli qarorining 19-bandi ijrosi yuzasidan axboroti tinglanmoqda.
Xususan, shuyilning avgust oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual hamda Xalq qabulxonalariga jami 163 ta murojaatlar yo‘llangan bo‘lib, ularning 75 tasi tasnifiga ko‘ra mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hokim yordamchilarining faoliyati bilan bog‘liq murojaatlarni tashkil etgan.