Yangiobodda tumanida ikkita maktab mukammal ta'mirlandi
Yangiobod tumanida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023 — 2025-yillarda jizzax viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-146- sonli qaroriga muvofiq bir qator ijtimoiy soha obeʼyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, yo'l va muhandislik kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish choralari belgilangan edi.
Qaror asosida tumanning Sarmich MFY Jo'langar qishlog'ida joylashgan 7-umumiy o'rta ta'lim maktabida hamda "Do'stlik" MFY hududidagi 10-umumta'lim maktabida mukammal ta'mirlash ishlari amalga oshirildi.
Mazkur maktab binolari yangi va zamonaviy ko'rinishga ega bo'lib, o'quvchilarning sifatli ta'lim olishlari uchun zarur sharoitlar yaratildi.