Mental arifmetika bo'yicha Respublika ochiq olimpiadasi
Shu yilning 24-sentabr kuni Samarqand viloyatida Mental arifmetika bo'yicha Respublika ochiq olimpiadasida Yangiobod tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 12-umumiy o'rta ta'lim maktabining o'quvchilari ham ishtirok etib, qator ijobiy natijalarga erishib qaytishdi.
Jumladan, maktabning 1-sinf o'quvchisi Erkinov Muhammadjon va 3-sinf o'quvchisi Rayimqulova Nafisalar 1-o'rinni egallagan bo'lsa, 4-sinf o'quvchisi Yusufjonova E'zoza hamda 5-sinf o'quvchisi Erkinov Ahmadjonlar oliy o'rinni egallab, Dubay shahrida bo'lib o'tadigan xalqaro mental arifmetika olimpiadasi yoʻllanmasini qo'lga kiritdilar.
Муҳокамага қўшилинг