“Siyosiy-maʼrifat soati”da Yangiobod tumani hokimligi xodimlari ham ishtirok etishdi
Bugun Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilari uchun tashkil etilgan “Siyosiy-maʼrifat soati”da Yangiobod tumani hokimligi xodimlari ham ishtirok etishib, bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari toʻgʻrisida zaruriy maʼlumotlarga ega boʻldilar.
Shuningdek, “Siyosiy-maʼrifat soati”da Davlat xizmatchilariga “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni va qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Bundan tashqari, "Mutolaa vaqti” va ”Konstitutsiyaviy savodxonlik" rukni tashkil etilib, shuningdek, Oʻzbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar haqida ham maʼlumotlar berildi.
“Siyosiy-maʼrifat soati” Agentlikning ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali berildi.