Respublika ishchi guruhi mas'ullari Yangiobod tumanida bo'lishdi
Yangiobod tumanida kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish va har xil ko'ngilsiz holatlarni oldini olish borasida bir qator qator amaliy choralar ko'rilmoqda. Shuningdek, yurtimiz bo'ylab davom etayotgan “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida ko'chat ekish tadbirlari ham tashkil etilib, ishchi guruh tomonidan nazorat olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi vakili B.Hasanov hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakili polkovnik Sh.Xalikovlar Yangiobod tumanida bo'lishib, mahallalarda ijtimoiy soha obyektlari hamda aholi xonadonlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, energiya resurslari bilan ta'minlanganligi va aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdilar.
Shuningdek, tumanda "Yashil makon" umummilliy harakati doirasida olib borilayotgan kuzgi ko'chat ekish ishlari hamda tashkil etilayotgan yangi bog'lar bilan tanishib, bu borada qo'shimcha tavsiyalar berishdi.