Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Yangiobodda sport sohasi vakillari ham bog' yaratishdi

Yangiobodda sport sohasi vakillari ham bog' yaratishdi

08 ноябрь 2023 йил
168
0

Yangiobod tumanida ayni kunlarda uyushqoqlik bilan tashkil etilayotgan "Yashil makon" umummilliy harakati doirasida yangi bog'lar tashkil etilib, ushbu ezgu tadbirlarda mahalla faollarri hamda korxona va muassasalar jamoalari ham tashabbus ko'rsatmoqdalar.

Shu jumladan, Yangiobod tuman sport maktabi jamoasi ushbu loyihaga o'z hissasini qo'shgan holda, 1-sektor hududida yo'l yoqasidagi bo'sh turgan yerga ishlov berib, 200 tupdan ortiq bodom ko'chatining hududimiz iqlimiga mos hamda suvsizlikka chidamli navlaridan o'tqazdilar.

Bog' yaratish jarayonida tashkil etilgan hasharda sport maktabi xodimlari va sport murabbiylari bilan birga mahalla faollari va nuroniylar ham ishtirok etishdi.

Shu kunlarda bu kabi ezgu tadbirlar tumanimizning barcha mahallalarida faollik bilan davom etmoqda.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар