Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Yangiobodda “Muqaddasdir Vatan bayrogʻi” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi

Yangiobodda “Muqaddasdir Vatan bayrogʻi” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi

18 ноябрь 2023 йил
435
0

Bugun milliy davlatchiligimiz ramzi sanalgan davlatimiz bayrogʻining qabul qilinganiga 32 yil toʻldi. Ushbu sana munosabati bilan Yangiobod tumanidagi 19-sonli musiqa va sanʼat maktabida “Muqaddasdir Vatan bayrogʻi” shiori ostida tashkil etilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir barcha yigʻilganlar qalbini cheksiz gʻurur-iftixorga toʻldirishga xizmat qildi.

Tadbirni tuman hokimi oʻrinbosari A.Nishonov ochib berdi va barchani Vatanimiz bayrogʻi qabul qilinganining 32 yilligi bilan samimiy qutladi.

Shundan soʻng Respublikka Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi rahbari S.Abdurahmonova tadbirda soʻz olib, davlatimiz bayrogʻi xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va orzu-intilishlarini oʻzida mujassam etib, shu azim yurtda yashovchi har bir fuqaro uchun gʻurur va iftixor ekanini taʼkidladi.

Shuningdek, yurtimiz bayrogʻi istiqlolimiz, milliy oʻzligimiz ramzi ekani hamda uning yaratilish tarixi haqida tushuntirib oʻtdi.

Tadbir davomida O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi Beknazar Toshboyev hamda oʻquvchi-yoshlar tomonidan Vatanimiz bayrogʻini madh etuvchi sheʼrlar oʻqilib, tuman madaniyat boʻlimi ijodiy xodimlari tomonidan koʻngillarni gʻurur-iftixor tuygʻulariga toʻldiruvchi kuy-qoʻshiqlar yangradi.

Tadbir doirasida harbiy xizmatchilarning sahna chiqishlari, qurol-aslaha namoyishi hamda kitobxonlikni targ'ib etuvchi ko'rgazmalar ham tashkil etildi.


 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар