Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » “Birinchi qoʻngʻiroq” chalinib, oʻquvchilar yangi oʻquv yiliga qadam qoʻydilar

“Birinchi qoʻngʻiroq” chalinib, oʻquvchilar yangi oʻquv yiliga qadam qoʻydilar

04 сентябрь 2023 йил
42
0

Bugun Yangiobod tumanidagi barcha umumtaʼlim maktablarida “Birinchi qoʻngʻiroq” chalinib, oʻquvchilar yangi oʻquv yiliga qadam qoʻydilar.

Tumanning 1-sektor hududiga qarashli 12-umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtgan tadbirda viloyat hokimi oʻrinbosari Oybek Ashurmatov, tuman hokimi Ibrohim Qarshiboyev hamda bir guruh faxriy oʻqituvchilar ishtirok etishib, barchani Vatanimiz mustaqilligining 32 yilligi hamda yangi oʻquv yilining boshlanishi bilan tabrikladilar.

Ushbu maktabda bugungi kunda 828 nafar oʻquvchilar tahsil olishib, joriy oʻquv yilida 111 nafar jajji oʻgʻil-qizlar maktab ostonasiga ilk qadam qoʻydilar. Tadbir davomida ularga Prezident sovgʻalari tarqatildi.

Bayram tadbirida soʻz olganlar yangi oʻquv yili barcha oʻqituvchi va oʻquvchilar uchun omadli va sermazmun kelishiga tilak bildirdilar. Faxriy ustozlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

Tadbir oʻquvchi-yoshlar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar namoyishi bilan yanada koʻtarinki ruhda davom etdi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар