Tuman tibbiyot birlashmasida o'quv seminar o'tkazildi
Yangiobod tumanidagi barcha tashkilot va muassasalarda tegishli mas'ullar tomonidan har xil ko'ngilsiz holatlar va favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida profilaktik tadbirlar o'tkazilmoqda.
Yangiobod tuman tibbiyot birlashmasida tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi tashabbusi bilan tuman favqulotda vaziyatlar boʻlimi xamkorligida “Ommaviy ovqatdan zaharlanish va favqulodda vaziyatlarda tibbiy epidemiologik tadbirlarni tashkil etish” mavzusida oʻquv-seminar hamda oʻquv-taktik mashgʻulot oʻtkazildi.
Муҳокамага қўшилинг