Maktabgacha ta'lim muassasalarida targ'ibot ishlari o'tkazildi
Yangiobod tumani "Yangiobod" SHFYda joylashgan 1- sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasida tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi, tuman tibbiyot birlashmasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi tuman bo‘limi bilan hamkorlikda “Ko‘p sonli fuqarolarning oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda hamkorlikdagi harakatlar” mavzusida seminar va ko‘rgazmali maxsus-Tadbir davomida muddati o‘tgan konserva mahsulotlarini, uy sharoitida tayyorlangan sifati kafolatlanmagan oziq-ovqat maxsulotlarini istemol qilmaslik va oziq-ovqatdan zaharlanishning oldini olish hamda birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish boʻyicha tushuntirishlar berildi.
Муҳокамага қўшилинг