Chegara qo‘riqlash vzvodida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
Yangiobod tumanidagi DXX chegara qo‘shinlariga qarashli 5-chegara qo‘riqlash vzvodida tuman Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida Davlatimiz bayrog‘i qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i” shiori ostida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda tuman Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari S. Abdurahmonova so‘zga chiqib, bayroqlar davlat mustaqilligi ramzi sanalishi, unda mamlakatning milliy o‘ziga xosligi, tarixi aks etganligi, qadimdan yurtimiz davlatchiligida bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, g‘alaba timsoli bo‘lganligi, Davlatimiz bayrog‘rining yaratilish tarixi, O‘zbekiston Respublikasining bayrog‘i to‘g‘risida»gi qonun va unga kiritilgan o‘zgartirishlar haqida ma’lumot berdi.