“YONG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGI" o’tkaziladi
HURMATLI YURTDOSHLAR!
Joriy yilning 15-noyabr kunidan 15-dekabr kuniga qadar yurtimizda “YONG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGI" o’tkazilmoqda.
Ushbu hushyorlikka chorlovchi oylikda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.
- Buning uchun, siz o‘z yashash xonadoningiz yoki ish joyingizni isitish maqsadida foydalanilayotgan elektr va gaz uskunalaridan to’g’ri foydalaning;
- HOZIROQ!, ZUDLIK BILAN! mavjud nosozliklarni bartaraf eting va bu borada barcha yaqinlaringizni hushyorlikka chaqiring;
- Yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlarda birinchi navbatda 101 yoki 1050 qisqa raqamlari orqali qutqaruv xizmatiga xabar bering.
Zero, hushyorlik – xotirjamlik garovidir.
Муҳокамага қўшилинг