Davlat fuqarolik xizmatchilari ishtirokida ochiq muloqot o'tkazildi
Yangiobod tumanida “Davlat fuqarolik xizmatiga ochiq yoʻl: mavjud qonunchilik hujjatlari va imkoniyatlar” mavzusida ochiq muloqot bo'lib o'tdi.
Tadbir qator qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatiga bag'ishlanib, unda tumanda faoliyat koʻrsatayotgan davlat fuqarolik xizmatchilari ishtirok etishdi.
Jumladan, ochiq muloqot davomida:
- “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni;
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 595-sonli qarori;
- Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin boʻlgan sovgʻa qiymati, shuningdek, uni tasarruf etish tartibi toʻgʻrisidagi” 54-sonli buyrugʻi mazmun-mohiyati tushuntirib o'tildi.
Муҳокамага қўшилинг