"Ma'naviyat marafoni"da Yangiobod tuman madaniyat bo'limi boshlig'i e'tirof etildi
Kuni kecha mamlakatimiz bo'ylab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” degan ezgu da’vatlari asosida “Ma’naviyat marafoni” bo'lib o'tdi.
Viloyat musiqali drama teatrida “Ma’naviyat marafoni”ning yakuniga bag'ishlab o'tkazilgan marosimda Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan o'tkazib kelinayotgan tadbirlardagi faol hamkorligi uchun Yangiobod tuman madaniyat bo'limi boshlig'i Rasulberdiyev Avazbek tashakkurnoma va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.
Муҳокамага қўшилинг