"Ma'naviyat marafoni" ko'tarinki kayfiyatda yakunlandi
Bugun mamlakatimiz bo'ylab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” degan ezgu da’vatlari asosida tashkil etilgan “Ma’naviyat marafoni” Yangiobod tumanida ham yuqori saviyada bo'lib o'tdi.
Loyiha doirasida tumanning turli nuqtalarida, jumladan, barcha ta'lim muassasalarda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar, sport musobaqalari hamda milliy qadriyatlarimga asoslangan ko'rgazmalar tashkil etildi.
Kun davomida bo'lib o'tgan "Ma'naviyat marafoni"ning mantiqiy yakuni sifatida 19-sonli musiqa va san'at maktabida tadbir tashkil etilib, bugungi loyihalardagi faol ishtirok va hamkorligi uchun bir guruh faollar taqdirlandi.
Tadbir davomida yoshlar uchun konsert dasturi tashkil etilib, bugungi "Ma'naviyat marafoni" ko'tarinki kayfiyatda yakunlandi.