Tuman hokimi Sovot QFY aholisi bilan uchrashdi
Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev tumanning 1-sektoriga qarashli Sovot qishloq fuqarolar yig'inida aholi bilan uchrashuv o'tkazdi.
Uchrashuvda mahalla faollari hamda tegishli tashkilot va muassasalar xodimlari ishtirok etishib, mahalladagi ihobiy o'zgarishlar, aholi turmush darajasini yaxshilash yo'lidagi rejalar, yangi ish o'rinlari tashkil etish va yoshlar bandligi to'g'risida so'z yuritildi.
Shuningdek, mahalla faollarining murojaat va takliflari yuzasidan fikr almashilib, choralar belgilandi.
Муҳокамага қўшилинг