Yangiobod tumani hokimi Balandchaqir mahallasida sayyor qabul o'tkazdi
Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev tumanning Balandchaqir mahallasida aholi bilan sayyor qabul o'tkazdi.
Unda tegishli korxona va tashkilot rahbarlari, mahalla masʼullari, aholi va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda tuman hokimi ushbu mahalla hududida amalga oshirilgan bunyodkorlik, yo'l infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlarga to'xtalib, bu ishlar bosqichma bosqich davom etishini ta'kidladi.
Shuningdek, hududda aholi bandligini ta'minlash maqsadida yoshlarga yer berish, ishsiz xotin qizlar uchun 50 o'rinli tikuv sexi tashkil etish masalalari bo'yicha mas'ullarga topshiriqlar berildi.
Ochiq muloqot tarzida oʻtgan sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularning ijobiy yechimi yuzasidan tegishli raxbarlarga topshiriklar berildi va tuman hokimi tomonidan nazoratga olindi.