Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati o'rganilmoqda
Yangiobod tumanda aholini sifatli oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlash, dehqon bozorlarida sotilayotgan mahsulotlarning sifati va xavfsizligi yuzasidan sanitariya-targʻibot tadbirlari doimiy olib borilmoqda.
Xususan, Yangiobod tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi xodimlari tomonidan tumandagi dehqon bozorida oʻtkazilgan tadbirlar davomida tadbirkorlar oʻrtasida uy sharoitida tayyorlangan, sifat sertifikati boʻlmagan va sanitariya talablariga javob bermaydigan oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qilinishining oldi olinmoqda.
Mutaxassislar tomonidan tadbirkorlarga belgilangan talablarga nomuvofiq boʻlgan yoki sertifikatga ega boʻlmagan va yaroqlilik muddati tugagan mahsulotlar bilan savdo qilmaslik, mahsulotni saqlash va sotish uchun zarur sharoitlarni taʼminlash yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda va zarur tavsiyalar berilmoqda.