Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Xo'jamushkent aholisi ishtirokida "Mahallada duv-duv gap" ma'naviy-ma'rifiy tadbiri o'tkazildi

Xo'jamushkent aholisi ishtirokida "Mahallada duv-duv gap" ma'naviy-ma'rifiy tadbiri o'tkazildi

06 январь 2024 йил
109
0

Yangiobod tumani Xo'jamushkent aholisi ishtirokida "Yangi hayot uchun, Yangi O'zbekiston uchun!" shiori ostida "Mahallada duv-duv gap" ma'naviy-ma'rifiy ko'ngilochar tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbir davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi raisi Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan Respublika Maʼnaviyat Kengashi yigʻilishida ilgari surilgan ustuvor vazifalar toʻgʻrisida taqdimot namoyish etildi.

So'z olganlar Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlar to'g'risida ishtirokchilarga aniq hayotiy misollar bilan tushuntirib o'tdilar.

Jamiyatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga dahldorlikni oshirish hamda aholining kayfiyatini ko'tarish maqsadida tashkil etilgan tadbir davomida tuman madaniyat bo'limi san'atkorlari tomonidan konsert dasturi ham namoyish etilib, barchaga xushkayfiyat ulashildi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар