Sportchi yoshlar etirof etildi
Yangiobod tumanida yoshlarning jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishlari uchun yaratib berilayotgan sharoitlar, ularni sport sohasidagi iqtidor va imkoniyatlarini hayotga tadbiq etishlari yoʻlida koʻrsatilayotgan eʼtibor va olib borilayotgan islohotlar samarasi oʻlaroq, tumanimiz sportchi yoshlari respublika va xalqaro darajadagi sport musoboqalarida yuqori natijalarni qoʻlga kiritib kelmoqdalar.
Xususan, joriy yilda ham tuman sport maktabining malakali sport murabbiylari qo'l ostida tarbiyalanayotgan ko'plab yosh portchilar bir qator sport turlari bo'yicha yuksak natijalarga erishdilar.
Ushbu ishlarning sarhisobiga bag'ishlab o'tkazilgan tadbirda tuman hokimi o'rinbosari Azizbek Nishonov ishtirok etib, barchani kirib kelayotgan yangi yil bilan, shu bilan birga, joriy yilda erishilgan ijobiy natijalar bilan tabrikladi va barcha murabbiylar va sportchilarga kelgusida bundanda yuqori marrarni egallashlariga tilak bildirdi.
Tadbir doirasida joriy yilda respublika hamda xalqaro musobaqalarda faol ishtirok etib, yutuqlarga erishib kelayotgan sportchi yoshlar etirof etildi va ularga faxriy yorliq, tashakkurnomalar hamda Jizzax viloyati Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan sport formalari topshirildi.