Bugun, 8-yanvar - Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni!
Shu munosabat bilan, Yangiobod tumani hokimligi jamoasi nomidan yurtimizda qonun ustuvorligini taʼminlashda oʻz hissasini qoʻshayotgan prokuratura organlari xodimlarini bugungi kasb bayramlari bilan samimiy qutlaymiz.
Albatta, yurtimizda qonun ustuvorligini taʼminlash, odamlarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlatning qonun bilan himoya qilinadigan manfaatlari, Vatanimizning konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olishda Sizning oʻrningiz beqiyosdir.
Sizlarga xalqimizning farovon, tinch va osoyishta hayot kechirishini taʼminlash, mamlakatimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, qonun ustuvorligini taʼminlash va inson qadrini yuksaltirish yoʻlidagi faoliyatingizda omad va zafarlar tilab, yana bir bor Sizdek jonkuyar va fidoyi insonlarni ushbu kasb bayrami bilan tabriklaymiz!